Biz eng yaxshi bo‘lishga intilamiz
Kompaniyamiz barcha ishlarda, shu jumladan komplayens normalarida ham eng yaxshi bo‘lishga harakat qiladi. Biz o‘z missiyamizga amal qilgan holda, o‘zimizning iste’molchilar oldidagi mas’uliyatimizni tushunamiz, shu bois halol va vijdonli faoliyat masalalarida yon bosmaymiz.
Biz qat’iy ravishda qonunchilik talablariga va Axloq kodeksida mustahkamlangan o‘z qadriyatlarimizga tayanamiz. Axloqqa asoslangan ishbilarmonlik xatti-harakati – bu faoliyatimizning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi, u kompaniyamizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bizning ishonch liniyamiz
Biz har bir kishi, u kompaniyada ishlashi yoki ishlamasligidan qat’i nazar, kompaniya xodimlari, uning yetkazib beruvchilari va pudratchilari axloqsiz va g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etganida, bu haqda xabar berish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz.
Buning uchun STADA kompaniyalar guruhida “ishonch liniyasi” – xabar berish tizimi joriy etilgan bo‘lib, u istalgan kishiga komplayens normalariga rioya qilmaslik bo‘yicha quyidagi holatlar va faktlar haqida xabar berish imkonini taqdim etadi:
- firibgarlik,
- korrupsiya,
- raqobatni himoya qilish (antimonopoliya talablari) sohasidagi qonunbuzarliklar,
- manfaatlar to‘qnashuvi
Agar Siz shunday g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar haqida xabar topsangiz, ciscompliance@stada.ru “ishonch liniyasi”ga yozib yuboring.
STADA kompaniyalar guruhi “Ishonch liniyasi”ga kelgan xabarlarning sir saqlanishini kafolatlaydi.