STADA Guruhi ilk bor barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi hisobotni (Sustainability report) chop etdi. Hujjat Hisobdorlik bo‘yicha global tashabbuslar standartlariga to‘liq muvofiq holda tayyorlandi, u kompaniyaning 2021-yil uchun yutuqlarini qamrab oladi. Unda kompaniya barqaror tadbirkorlik faoliyatini va rivojlanishni ta’minlash yo‘lida erishgan taraqqiyot hamda odamlarga, ularning sog‘lig‘iga, iqtisodiyotiga va atrof-muhitga ijobiy ta’siri aks etgan.
Barqaror rivojlanish va korporativ ijtimoiy mas’uliyat mavzulari Rossiya jamiyati va biznesi uchun tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Reputatsion institut tahlilchilarining ta’kidlashicha, kompaniya nufuzining yuqori bahosil 40% uning ijtimoiy mas’uliyatli sifatida qabul qilinishiga bog‘liq. STADA Health Report 2022 global tadqiqot natijalari rossiyaliklarning ekologiya masalalariga va o‘tkir ijtimoiy muammolarga befarq emasligini ko‘rsatdi. Xususan, so‘rovda qatnashgan rossiyaliklarning 84% suv sifatidan, 85% esa yangi kasalliklardan tashvishda, respondentlarning yarmidan ko‘p (55%) o‘rami atrof-muhitga mas’uliyat bilan yondashgan holda tayyorlangan tovarlar uchun ko‘proq to‘lashga tayyor.

STADA kompaniyasi 125 yildan beri o‘z xodimlari, jamiyat va atrof-muhit uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib kelmoqda. Mas’ul faoliyat hamda ijtimoiy va iqtisodiy barqaror boshqaruv – uzoq muddatli muvaffaqiyat asosidir. STADA kompaniyasining barqaror rivojlanish g‘oyalariga sodiqligi bizning missiyamiz bilan chambarchas bog‘liq. Bu missiya esa kompaniyaning ishonchli hamkori bo‘lgan odamlarning sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Shu munosabat bilan, mintaqa aholisini ta’sir qiluvchi dori-darmonlarning keng assortimenti bilan ta’minlash bilan birga, biz jamiyatning o‘z sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish imkoniyatlari va atrof-muhitni asrash uchun choralar ko‘rish haqidagi xabardorligini oshirgan holda, axborot-ma’rifat faoliyatiga ham katta e’tibor qaratamiz.
Arminas Matsevichus STADA kompaniyasining Yevrosiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti
STADA kompaniyasi 2021-yilda BMT Global shartnomasining ishtirokchisiga aylandi. Kompaniya BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) ro‘yxatidagi beshta ustuvor maqsadga erishish hisobidan global barqaror rivojlanishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
BRM 3: SALOMATLIK VA FAROVONLIK: STADA sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkor sifatida
STADA kompaniyasi uchun barqaror rivojlanish sog‘liqni mustahkamlash va farovonlik darajasini oshirishni bildiradi. Ushbu tamoyil STADA missiyasida o‘z aksini topgan bo‘lib, biz patsiyentlarga taklif qiladigan mahsulotlarning keng assortimenti, shuningdek biz ma’rifiy ishlar doirasida taqdim etayotgan dolzarb tavsiyalar tufayli ham amalga oshmoqda.
BRM 8: MUNOSIB ISH VA IQTISODIY O‘SISH: STADA kompaniyasi eng yaxshi ish beruvchilardan biri sifatida
STADA kompaniyasi qulay ish muhitini yaratadi va adolatli mehnat sharoitlarini ta’minlaydi. STADA teng huquqlilar jamoasini yaratishga intiladi, unda har bir xodim gender mansubligi, yoshi, kelib chiqishi, qarindoshlik aloqalari va hokazolardan qat’i nazar bir xil imkoniyatlarga ega, muvaffaqiyat esa professional faoliyat va jamoaning boshqa a’zolari bilan kollegial munosabatlar natijalariga qarab belgilanadi. Kompaniya «Top Employer 2022» sertifikatiga ega, bu esa tashkilotning maftunkor ish muhiti va xodimlarga nafaqat Rossiyada, balki global darajada alohida imkoniyatlarni taqdim etishdagi xizmatlarini tasdiqlaydi.
BRM 9: SANOATLASHTIRISH, INNOVATSIYALAR VA INFRATUZILMA: mahsulotlar portfelini takomillashtirish asosida barqaror rivojlanish
STADA kompaniyasi, patsiyentlarning sog‘lig‘ini mustahkamlashga intilgan holda, muntazam ravishda o‘zining mahsulotlar portfelini va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish ustida ishlaydi. Ushbu faoliyat doirasida texnologiyalar transferiga va 11 ta mamlakatdagi 20 ta ishlab chiqarish maydonining hammasida noyob ishlab chiqarish tajribasiga, shuningdek mahsulotlarni takomillashtirishda doimiy investitsiyalarga katta e’tibor qaratadi. 2021-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, STADA kompaniyasining mahsulotlari 55 dan ortiq mamlakatda 160 dan ziyod faol farmatsevtik substantsiyalar va kombinatsiyalar borasida 1900 dan ortiq ro‘yxatdan o‘tish protseduralaridan o‘tdi.
BRM 12: MAS’ULIYATLI ISTE’MOL VA ISHLAB CHIQARISH: kelgusidagi farovonlik uchun hozir mas’uliyat bilan harakat qilish
STADA Guruhi ekologik me’yorlarga qat’iy amal qilish va o‘z ishlab chiqarish jarayonlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish hisobidan atrof-muhitga salbiy ta’sirni qisqartirish va uni minimumga yetkazishga harakat qiladi. 2021-yilda STADA havoga issiqxona gazlarining tashlanishini qisqartirishga qaratilgan strategik ekologik loyihani amalga oshirishni boshladi. Guruh 2030-yilga kelib havoga issiqxona gazlarining (IG) absolyut tashlanishlarini 2020-yil bilan solishtirganda 42% ga cheklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. 2020-2021 yillarda STADA kompaniyasi IG tashlanishlarini 13% ga, ya’ni 132 kt CO2 dan 115 kt CO2 gacha qisqartirdi. Shunday ekan, u belgilangan muddatlarda qisqartirishning umumiy maqsadli ko‘ratkichlariga erisha oladi.
BRM 17: BARQAROR RIVOJLANISH MANFAATLARIDA HAMKORLIK: STADA ishonchli hamkor sifatida
STADA kompaniyasi muhim hamkorlar bilan faol muzokaralar olib boradi va o‘z faoliyatida mo‘ljal olgan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun yangi hamkorliklarni tuzadi.
STADA Guruhining barqaror rivojlanish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi faktlar va xulosalarning to‘liq obzori bilan globalnoy versii otcheta tanishish mumkin.