STADA AG kompaniyasi 1895-yilda Drezden shahrida dori vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi farmatsevtlar kooperativi sifatida tashkil etilgan. Kompaniyaning nomi St. d. A — Standardarzneimittel die Deutscher Apotheke qisqartma so‘zidan olingan bo‘lib, bu nemis tilida "Nemis dorixonalari preparatlari standarti" degan ma’noni anglatadi.
Bugungi kunda STADA mahsulotlari dunyoning 120 ta davlatida, jumladan, O‘zbekiston va Yevroosiyo mintaqasining boshqa mamlakatlarida taqdim etilgan.
STADA kompaniyasining asosiy biznes yo‘nalishlari – Consumer Healthcare segmenti va jeneriklar, shu jumladan ixtisoslashtirilgan preparatlar. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab ham organik yo‘l bilan, ham sotib olish yo‘li bilan o‘z biznesini kengaytirishda davom etmoqda.
STADA guruhi butun dunyo bo‘ylab 20 dan ortiq ishlab chiqarish maydonchalarini, shu jumladan Rossiyada “Nijfarm” (Nijniy Novgorod) va “Xemofarm” (Obninsk sh.) kabi ikkita zavodni o‘z ichiga olgan.
Bizning qadriyatlarimiz
Bizning muvaffaqiyatimiz quyidagi mushtarak qadriyatlarga asoslanadi:
- HALOLLIK (INTEGRITY) — bir-biri bilan va jamiyatga nisbatan axloqiy munosabatda bo‘lish.
- TADBIRKORLIK (ENTERPRENEURSHIP) — oldimizda turgan barcha vazifalarni bajarishda tadbirkorlik ruhini namoyon etish.
- MOSLASHUVCHANLIK (AGILITY) — ishda moslashuvchanlik va qiyinchiliklarga dadillik bilan yondashish.
- BIR STADA (ONE STADA) — birlik va umumiy maqsadga erishish uchun kelishilgan harakatlar.
STADA - bu keng portfelga ega kompaniya. O‘zbekistonda bu an’anaviy nemis sifatining yuqori standartlariga javob beradigan 70 dan ortiq mahsulot hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida STADA 2013-yildan buyon taqdim etilgan bo‘lib, bugungi kunda mintaqadagi eng yirik xalqaro farmatsevtika kompaniyalarining kuchli 10 taligiga kiradi.
STADA kompaniyasining asosiy biznes yo‘nalishlari – Consumer Healthcare segmenti va jeneriklar, shu jumladan ixtisoslashgan preparatlar. Kompaniya butun dunyo bo‘ylab ham organik yo‘l bilan, ham sotib olish yo‘li bilan bu sohalardagi o‘z biznesini kengaytirishda davom etmoqda.
STADA O‘zbekistondagi o‘z faoliyatida korporativ siyosat va hujjatlarga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek, xalqaro-huquqiy normalarga amal qiladi. Kompaniya xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi (CHFKICHU)ning a’zosi.
O‘zbekistondagi vakolatxona korporativ madaniyatning ajralmas qismi bo‘lgan faol ijtimoiy mas’uliyatli pozitsiyani egallaydi. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi, tibbiy hamjamiyat uchun axborot-ma’rifiy dasturlarni o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatgan holda, shifokorlar uyushmalari bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi.