STADA Uzbekistan
STADA 2025-yil yakunlariga ko‘ra barqaror o‘sishni ko‘rsatishda davom etmoqda
Guruhning tuzatilgan tushumi 6 foizga o‘sib, 4,3 mlrd yevroga yetdi, bunda barcha uchala segment – ixtisoslashtirilgan preparatlar, iste’mol sog‘liqni saqlash va jeneriklar – 2025-yilda o‘sish ko‘rsatdi; o‘zgarmas valyutadagi tuzatilgan EBITDA ko‘rsatkichi 8 foizga oshib, 961 mln yevroni tashkil etdi.
2025-yilda STADA kompaniyasining ixtisoslashtirilgan preparatlar segmenti tushumi biosimilyarlar va innovatsion dori vositalari hisobiga 17 foizlik o‘sish ko‘rsatib, ilk bor 1 milliard yevrodan oshdi.
STADA bosh direktori (CEO) Piter Goldshmidt: "Bizning barcha mintaqalarimiz – G‘arbiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Germaniya, shuningdek, Yaqin Sharq va Osiyo – o‘sishimizga sezilarli hissa qo‘shdi. Sohadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan o‘sishning asosiy drayverlari barcha uchala segmentimizdagi bir qator muvaffaqiyatli loyihalarning ishga tushirilishi bo‘ldi. Bundan tashqari, faqatgina 2025-yilning o‘zida biz 110 ta yangi mahsulotni litsenziyaladik va bu orqali muvaffaqiyatli kelajak uchun yanada kuchliroq ishlanmalar portfelini ta’minladik".
Bad Filbel, Germaniya – 2026-yil 18-mart – 2025-yilda STADA o‘zining uch segmentli strategiyasi muvaffaqiyatini yana bir bor isbotladi. Ushbu strategiya iste’mol sog‘liqni saqlash, jeneriklar va ixtisoslashtirilgan preparatlar (shu jumladan, innovatsion preparatlar) segmentlarida bemorlar hamda tibbiyot xodimlarini keng turdagi dori vositalari va salomatlik uchun mahsulotlar bilan ta’minlash imkonini beradi.
Guruhning o‘zgarmas valyutadagi tuzatilgan tushumi (adj. cc) 2025-yil 31-dekabrda yakunlangan moliyaviy yil natijalariga ko‘ra 6 foizga oshib, 4,3 mlrd yevroga yetdi. Guruhning foizlar, soliqlar va amortizatsiya ajratmalarini chegirishgacha bo‘lgan EBITDA ko‘rsatkichi bir martalik moddalar bo‘yicha tuzatilib hamda o‘zgarmas valyuta kurslarida hisoblanganda, 8 foizga o‘sib, 961 mln yevroni tashkil etdi.
"Bizning barcha mintaqalarimiz – G‘arbiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Germaniya, shuningdek, Yaqin Sharq va Osiyo – o‘sishimizga sezilarli hissa qo‘shdi. Sohadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan o‘sishning asosiy drayverlari barcha uchala segmentimizdagi bir qator muvaffaqiyatli loyihalarning ishga tushirilishi bo‘ldi. Bundan tashqari, faqatgina 2025-yilning o‘zida biz 110 ta yangi mahsulotni litsenziyaladik va bu orqali muvaffaqiyatli kelajak uchun yanada kuchliroq ishlanmalar portfelini ta’minladik", – deya izoh berdi STADA bosh direktori (CEO) Piter Goldshmidt.
Biosimilyarlar va innovatsion preparatlar sohasidagi o‘sish ixtisoslashtirilgan preparatlar segmentiga 1 milliard yevrolik marradan o‘tish imkonini berdi.
Specialty (ixtisoslashtirilgan preparatlar) segmenti tushumi o‘zgarmas valyutadagi tuzatilgan asosda 17 foizga o‘sdi va hozirgi vaqtda Guruh umumiy tushumining deyarli to‘rtdan bir qismini tashkil etmoqda.
Shunday qilib, segment so‘nggi yillardagi ikki xonali o‘sish sur’atlari trayektoriyasini saqlab qoldi. Yevropa va Xitoydagi ishlab chiquvchilar bilan o‘rnatilgan ishonchli hamkorlik hamda barcha Yevropa mamlakatlaridagi kuchli marketing va savdo platformasiga tayangan holda, biosimilyarlar savdosi ikki xonali o‘sish sur’atlarini namoyish etdi. Uzpruvo (ustekinumab) preparatining barqaror rivojlanishi ushbu brend taqdim etilgan 20 dan ortiq bozorlarning barchasida yetakchi pozitsiyalarni egalladi, hamda suyak to‘qimalari salomatligi, immunologiya va onkologiya kabi keng ko‘lamli terapevtik sohalardagi mavjud biosimilyarlar portfelining yanada kengayishi muvaffaqiyatning asosiy omillari bo‘ldi.
2026-yilda beshta biosimilyarni, jumladan golimumab va totsilizumab preparatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu STADA kompaniyasining Yevropa biosimilyarlar bozoridagi yetakchi o‘rnini yanada mustahkamlaydi. Kompaniya 11 ta tasdiqlangan mahsulotdan iborat keng portfeli, shuningdek, Yevropadagi geografik qamrovi va bemorlarni qamrab olish darajasi bilan ajralib turadi — bunday natijaga juda kam sonli raqobatchilargina ega.
Innovatsion dori vositalari ham sezilarli darajada ilgariladi. Bu nefrologiya va nevrologiya sohasidagi og‘ir kasalliklarni davolashda bemorlarning o‘z toifasidagi eng yaxshi usullardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Kinpeygo preparatining yuqori ikki xonali o‘sish sur’atlari ko‘rsatmalarning muvaffaqiyatli kengaytirilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu esa preparatni kam uchraydigan IgAN buyrak kasalligiga chalingan bemorlarning yanada kengroq kogortasida qo‘llash imkonini berdi. Yevropaning 19 ta davlatida amalga oshirilgan ishga tushirishlardan so‘ng, Kinpeygo preparatining tatbiq etilishi KDIGO xalqaro klinik tavsiyalariga kiritilishi, shuningdek, uning xavfsizligi va klinik qo‘llanilish samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tufayli yanada jadallashdi. Qo‘shimcha bozorlarda mahsulotlarni ishga tushirish 2026-yil va undan keyingi yillarga rejalashtirilgan.
Nevrologiya sohasida Lecigon ichak orqali yuborish uchun infuzion pompasining Fransiya va Buyuk Britaniya kabi qo‘shimcha mamlakatlarda ishga tushirilishi Parkinson kasalligining kechki bosqichlaridagi insonlar uchun davolanish imkoniyatlarini kengaytirdi. O‘rta va og‘ir darajadagi parkinsonizmga chalingan bemorlarni davolashda teri osti infuziyasi qurilmasida qo‘llaniladigan apomorfin eritmasi bilan Yevropada keng muvaffaqiyatga erishgach, STADA o‘zining hamkori Supernus bilan birgalikda ushbu terapiyani AQSHning ulkan bozoriga ONAPGO brendi ostida olib chiqdi. Bundan tashqari, 2025-yilda STADA nilotinib va paklitaksel albumin preparatlarini ishga tushirish hisobiga Specialty (ixtisoslashtirilgan preparatlar) onkologik portfelini kengaytirdi.
Rivaroksaban – jeneriklar segmentida bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan o‘sishning drayveridir.
2025-yilda jeneriklar segmenti tushumi 5 foizga (adj. cc) o‘sdi, shu bilan birga segment Yevropada bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan o‘sish sur’atlarini namoyish etishda davom etdi. Jeneriklarning o‘sishi ko‘p jihatdan rivaroksaban preparatining muvaffaqiyatli ishga tushirilishi bilan ta’minlandi. Bu natijaga intellektual mulk sohasidagi mustahkam pozitsiya sharofati bilan erishildi. Preparatlarning bozorga muvaffaqiyatli chiqarilishi va tijorat sinergiyasi Germaniya, Italiya, Ispaniya, Belgiya, Irlandiya, Shimoliy Yevropa mamlakatlari, Serbiya va Shveytsariya kabi davlatlarning chakana jeneriklar bozorida STADA’ning yetakchi uchta kompaniya qatoridagi o‘rnini mustahkamladi.
Jeneriklar segmenti natijalariga kardiologik preparatlar, xususan, apiksaban, dabigatran va tikagrelor, shuningdek, bir qator statinlar qo‘shimcha hissa qo‘shdi. STADA, shuningdek, mahalliy jeneriklar portfelidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishdan ham foyda ko‘rdi – masalan, Belgiyada enoksaparin preparatining hamda Buyuk Britaniyada Proxor (beklometazon/formoterol) ingalyatorining bozorga chiqarilishi hisobiga.
Iste’mol sog‘liqni saqlash segmenti, shamollash va gripp mavsumining sust kelishiga qaramay, mahalliy yetakchi brendlar hisobiga o‘sib bormoqda.
Asosiy bozorlarda shamollash va gripp bilan kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan past bo‘lganiga qaramay, iste’mol sog‘liqni saqlash segmenti 2025-yilda yaxshi natijalarni qayd etdi va tushumning 2 foizga (adj. cc) o‘sganini ko‘rsatdi. Shamollash va grippga qarshi vositalar toifasidan tashqari, STADA turli toifalar bo‘yicha milliy reytinglarning yuqori pog‘onalaridan o‘rin olgan soha uchun rekord darajadagi brendlarining barqaror kuchli natijalari hisobiga o‘rtacha bir xonali o‘sishni ta’minladi. Bularga quyidagilar kiradi: dermatologiyada – Nizoral, Levomecol va Cetraben; gastroenterologiyada – Elotrans va Protectis; shuningdek, vitaminlar, minerallar va nutritsivtiklar toifasida – Eunova, Walmark va Natures Aid. Segment bir qator muhim yangi mahsulotlarni ishga tushirish va mahsulotlar liniyasini kengaytirish, jumladan, Nizoral brendi ostidagi bosh terisini parvarish qilish vositalari qatorini Nizoral Care konditsioneri va Nizoral kremi hisobiga boyitish orqali o‘z rivojlanishini davom ettirdi. STADA’ning Buyuk Britaniyadagi yetakchi brendi – Zoflora uy gigiyenasi va dezinfeksiya vositalari segmentlarida mahsulotlar liniyasining kengaytirilishi hisobiga muvaffaqiyatga erishdi.
Iste’molchi trendlarini aks ettirgan va ularni oldindan bashorat qilgan holda, STADA 2022-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda elektron tijorat savdosi hajmini deyarli ikki barobar oshirdi. Bunda Guruhning media-budjetlaridan yarmidan ko‘pi raqamli kanallarga yo‘naltirildi. Kompaniya geografik qamrovni kengaytirish hamda Google, TikTok va Instagram platformalarida iste’molchilar bilan o‘zaro aloqaning ko‘p kanalli yondashuvini amalga oshirish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish orqali elektron tijorat o‘sishini jadallashtirishda davom etmoqda.
Butun dunyo bo‘ylab sotib olish uchun potensial bitimlarni baholash
"Iste’mol sog‘liqni saqlash sohasidagi biznesimizni o‘stirishda davom etish uchun, – deb ta’kidladi Goldschmidt, – biz CHC sohasidagi keng ko‘lamli platformamizni yanada mustahkamlash maqsadida butun dunyo bo‘ylab sotib olish uchun potensial obyektlarni faol baholamoqdamiz. Bu sa’y-harakatlar bizning ichki ishlanmalarimizdan iborat kuchli portfelimizni to‘ldirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, biz dermatologiya, profilaktik salomatlik va wellness kabi eng dinamik o‘sayotgan toifalarda brendlar portfelini kengaytirish imkoniyatlaridan foydalanishda davom etmoqdamiz".
Kelajakdagi ishlanmalar portfelini izchil shakllantirish
"Bizning onkologik ishlanmalarimiz yuqori salohiyatga ega bo‘lib, o‘z ichiga enzalutamid va ruksolitinib kabi molekulalarni oladi. Yurak-qon tomir preparatlari toifasida esa biz rivaroksabanning joriy etilishini apiksaban va edoksaban preparatlari bilan to‘ldirmoqdamiz".
"Biosimilyarlar sohasidagi hamkorliklarimiz golimumab va totsilizumab kabi raqobat nisbatan past bo‘lgan bozorlarga tezroq chiqishimizni ta’minlaydi. Bu 2025-yil oxirida Yevropada denosumab preparatining ishga tushirilishi ortidan amalga oshirilmoqda, – deya davom etdi Goldschmidt. – 2025-yilda tuzilgan biznesni rivojlantirish va litsenziyalash (BD&L) bo‘yicha 110 ta bitim hamda ishlanmalar va litsenziyalash sohasidagi keng qamrovli hamkorlik tarmog‘imiz tufayli biz ko‘p yillar oldinga mo‘ljallangan, yuqori salohiyatli loyihalar portfelini shakllantirdik".
"Biz yaxshi shakllantirilgan ishlanmalar portfeli (pipeline) hamda qandli diabet va ortiqcha vaznni davolashda qo‘llaniladigan GLP-1-preparatlarining eksklyuzivlik muddatlari tugashi bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishga qaratilgan strategiyamiz tufayli to‘liq tayyormiz. Bu, ayniqsa, semaglutid asosidagi Ozempic va Wegovy brendlari, shuningdek, liraglutid asosidagi Saxenda va Victoza kabi "blokbaster" dorilarga taalluqlidir. Bundan tashqari, SGLT-2 ingibitori – empagliflozin qandli diabet terapiyasidagi portfelimizning asosiy aktivi hisoblanadi".
Korporativ madaniyat samaradorlikni belgilaydi
STADA’ning yaqinda qayta TOP Employer Europe maqomini olganini, Qozog‘istonda ketma-ket ikkinchi yil TOP Employer sertifikatiga ega bo‘lganini hamda oxirgi xodimlar so‘rovnomasida ishchilarning 88 foizi ishtirok etganini, bunda har beshtadan to‘rttasi STADA’da ishlashdan faxrlanishini (bu soha bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada yuqori) qayd etgan holda, Goldschmidt shunday xulosa qildi: "Operatsion faoliyat va ishlanmalar portfelimiz imkoniyatlaridan tashqari, STADA’ga bozorni barqaror ravishda ortda qoldirish imkonini beradigan narsa – bu bizning o‘ziga xos One STADA ruhimiz va o‘sish madaniyatimizdir". Butun dunyo bo‘ylab qariyb 12 000 nafar xodimimizning, ularning yarmidan ko‘pi bemorlar uchun dori vositalarining ishonchli yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish maydonchalarimizda mehnat qilayotganlarning favqulodda jalb qilinganligi – bizning barqaror o‘sish yo‘limiz va "Ishonchli hamkor sifatida insonlar salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qilish" missiyamizga sodiqligimizning asosidir.
STADA Arzneimittel AG kompaniyasi haqida
STADA Arzneimittel AG shtab-kvartirasi Germaniyaning Bad Filbel shahrida joylashgan. Kompaniya uchta tayanch yo‘nalishga asoslangan strategiyani amalga oshirmoqda: iste’mol sog‘liqni saqlash tovarlari (consumer healthcare products), jenerik dori vositalari (generics) va ixtisoslashtirilgan farmatsevtika (specialty pharma). Butun dunyo bo‘ylab STADA Arzneimittel AG o‘z mahsulotlarini 100 dan ortiq mamlakatda sotmoqda. 2025-moliya yilida STADA guruhi savdo hajmi 4 296 mln yevroni, o‘zgarmas valyutadagi tuzatilgan EBITDA ko‘rsatkichi (adj. cc EBITDA) esa 961 mln yevroni tashkil etdi. 2025-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, STADA xodimlarining butun dunyo bo‘ylab soni 11 749 kishini tashkil etdi.
Jurnalistlar uchun qo'shimcha ma'lumotlar
STADA Arzneimittel AG – OAV bilan aloqalar bo‘limi Stadastrasse 2-18, 61118 Bad Filbel, Germaniya Tel.: +49 (0) 6101 603-165 E-mail: press@stada.de STADA onlayn-press-markazida ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin: https://www.stada.com/media/newsroom LinkedIn-da @stadaGroup kuzatib boring
Moliya bozori ishtirokchilari uchun qo‘shimcha ma’lumotlar
STADA Arzneimittel AG – Investorlar va kreditorlar bilan ishlash bo‘limi (Investor & Creditor Relations) Stadastrasse 2-18, 61118 Bad Filbel, Germaniya Tel.: +49 (0) 6101 603-4689 Faks: +49 (0) 6101 603-215 E-mail: ir@stada.de Investorlar bo‘limida ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin: https://www.stada.com/investor-relations/
