<link rel="stylesheet" href="/css/modules/static-nojs.css">
← Barcha yangiliklar

STADA Uzbekistan

CapVest STADA kompaniyasining nazorat aksiyalar paketini sotib olishni yakunladi

Bad-Filbel, Germaniya / London, Buyuk Britaniya — 2026-yil 31-mart — CapVest Partners LLP (’’CapVest’’) investitsiya kompaniyasi iste’mol sog‘liqni saqlash, djerneriklar va ixtisoslashtirilgan dori vositalariga ixtisoslashgan sog‘liqni saqlash hamda farmatsevtika sohasidagi yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri bo‘lgan STADA Arzneimittel AG (’’STADA’’ yoki ’’Kompaniya’’) nazorat aksiyalar paketini sotib olish bo‘yicha bitim yakunlanganini e’lon qildi.

2025-yilning yuqori natijalariga tayanib, bitimning yakunlanishi CapVest va STADA jamoalariga kompaniyaning global o‘sishini jadallashtirish bo‘yicha ulkan rejalarni birgalikda amalga oshirish, shuningdek, kapitalni organik o‘sishni rivojlantirish va yangi strategik xaridlar (sotib olishlar)ga yo‘naltirish imkonini beradi.

Bugungi kunda STADA butun dunyo bo‘ylab 12 000 ga yaqin xodimga ega. Kompaniya iste’mol sog‘liqni saqlash, djeneriklar va ixtisoslashtirilgan dori vositalariga strategik e’tibor qaratgan holda, sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi diversifikatsiyalangan global platformalardan biri hisoblanadi. Yaqinda STADA moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha 4,3 mlrd yevro miqdorida rekord darajadagi tushum (o‘tgan yilga nisbatan 6% o‘sish) va tuzatilgan EBITDA bo‘yicha 961 mln yevrolik tarixiy maksimal ko‘rsatkich haqida xabar berdi.

STADA bosh ijrochi direktori Piter Goldshmidt shunday ta’kidladi: ’’Biz bitim yakunlanganidan mamnunmiz. CapVest’ning sog‘liqni saqlash sohasidagi chuqur ekspertizasi hamda bizning ulkan o‘sish rejalarimizni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligi strategik vazifalarimizni amalga oshirish yo‘lida muhim ustunlikka aylanadi’’.

CapVest hamkori Mett Fardji shunday qo‘shimcha qildi: ’’Biz bitimni yakunlash ustida ishlayotgan vaqtimizda, STADA jamoasi asosiy hududlar va yo‘nalishlar — iste’mol sog‘liqni saqlash, djeneriklar, biosimilyarlar va innovatsion dori vositalari bo‘yicha ishonchli o‘sishni namoyish etishda davom etdi. Biz endilikda birgalikdagi ulkan rejalarimizni amalga oshirish yo‘lida faol hamkorlik qila olishimizdan mamnunmiz’’.

Bitim barcha zarur regulyator ruxsatnomalari olinganidan va yopilishning standart shartlari bajarilganidan so‘ng yakunlandi.

Muhim ma’lumot

Ushbu xabarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar biron-bir davr uchun foyda prognozi yoki baholanishi hisoblanmaydi va shunday deb talqin qilinmasligi kerak, shuningdek, STADA faoliyatining kelajakdagi natijalarini baholash uchun mo‘ljallangan yo‘riqnoma sifatida foydalanilmasligi lozim. Ushbu xabar sezilarli darajadagi xatar va noaniqliklar bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz xarakteridagi bayonotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Faktik ma’lumotlardan tashqari barcha bayonotlar, jumladan, cheklanmagan holda, STADA’ning kelajakdagi moliyaviy holati, xatar va noaniqliklar, strategiyasi, kapital xarajatlari, prognoz qilinayotgan xarajatlar, kompaniyaning reja va maqsadlari to‘g‘risidagi bayonotlar prognoz xarakteridagi bayonotlar deb hisoblanishi mumkin.

„Hisoblamoq“, „kutmoq“, „taxmin qilmoq“, „mumkin“, „rejalashtirmoq“, „niyat qilmoq“, „bo‘ladi“, „lozim“, „baholamoq“, „xatar“ kabi so‘zlar va shunga o‘xshash iboralar bunday bayonotlarni belgilash uchun qo‘llaniladi. O‘z tabiatiga ko‘ra, ular ma’lum va noma’lum xatarlar hamda noaniqliklar bilan bog‘liqdir, chunki ular kelajakdagi voqealarga daxldor bo‘lib, yuz berishi yoki yuz bermasligi mumkin bo‘lgan holatlarga bog‘liqdir.

Prognoz xarakteridagi bayonotlar kelajakdagi natijalar kafolati hisoblanmaydi va ularga haddan tashqari tayanmaslik lozim. STADA yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi, kelajakdagi voqealar yoki boshqa holatlar munosabati bilan bunday bayonotlarni yangilash majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi. Prognozlar, maqsadli ko‘rsatkichlar va baholarga erishish yoki ularning asosliligi yuzasidan hech qanday kafolatlar berilmaydi.

Ushbu xabar faqat ma’lumot berish xarakteriga ega bo‘lib, u emissiya prospekti, biron-bir yurisdiksiyada qimmatli qog‘ozlarni sotish to‘g‘risidagi taklif yoki ularni sotib olish bo‘yicha taklifnoma hisoblanmaydi. STADA sayti va unga bog‘liq har qanday saytlarning mazmuni ushbu xabarning tarkibiy qismi hisoblanmaydi. Ushbu xabarning tarqatilishi qonunchilik bilan cheklangan bo‘lishi mumkin; unga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslar bunday cheklovlar bilan mustaqil ravishda tanishishlari va ularga rioya qilishlari shart. Riyo etmaslik qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Ushbu xabar doirasida pul mablag‘lari yoki boshqa aktivlar so‘ralmaydi va qabul qilinmaydi.

Ushbu xabar oshkor qilinguniga qadar 2014-yil 16-apreldagi 596/2014-sonli Reglamentga (YeI) muvofiq insayderlik ma’lumoti deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan axborotni o‘z ichiga oladi.

CapVest haqida

CapVest Partners LLP — sog‘liqni saqlash va iste’mol tovarlari kabi muhim sohalarda faoliyat yurituvchi ulkan kompaniyalar bilan ularning biznesini transformatsiya qilish maqsadida hamkorlik qiluvchi yetakchi xalqaro xususiy investitsiya kompaniyasidir. Kompaniya faol va uzoq muddatli investitsiyalarni amalga oshirib, menejment bilan yaqin hamkorlik hamda portfel kompaniyalarini organik o‘sish va M&A bitimlari orqali kengaytirish hisobiga barqaror natijalarni namoyish etmoqda. Asosiy tarmoqlar — sog‘liqni saqlash, kundalik iste’mol tovarlari va hayotiy muhim xizmatlardir.

STADA Arzneimittel AG haqida

STADA Arzneimittel AG — shtab-kvartirasi Bad-Filbelda (Germaniya) joylashgan farmatsevtika kompaniyasi bo‘lib, u uchta yo‘nalish strategiyasini amalga oshiradi: iste’mol sog‘liqni saqlash, djeneriklar va ixtisoslashtirilgan preparatlar. Kompaniya mahsulotlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida taqdim etilgan.

2025-moliya yili yakunlariga ko‘ra, guruh tushumi 4 296 mln yevroni, doimiy valyutadagi tuzatilgan EBITDA esa 960 mln yevroni tashkil etdi. 2025-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, kompaniyada butun dunyo bo‘ylab 11 670 nafar xodim faoliyat yuritgan.

STADA saytlarida sayt ishlashi uchun zarur bo‘lmagan ayrim cookie fayllari ishlatilishi mumkin. Ular alohida foydalanuvchilarni kuzatish yoki aniqlash uchun emas, saytlar qanday ishlatilishini tushunish va xizmatlarni yaxshilash uchun xizmat qiladi. Saytdan foydalanish haqidagi maʼlumot STADA Arzneimittel AG guruhining boshqa kompaniyalariga uzatilishi mumkin. Cookie fayllarini o‘chirish yoki boshqarish haqida maʼlumot:

aboutcookies.org