<link rel="stylesheet" href="/css/modules/static-nojs.css">
← Barcha yangiliklar

STADA Uzbekistan

STADA va Church & Dwight Yevrosiyo mamlakatlarida iste’molchi sog‘lig‘ini saqlash tovarlari brendlarini ishga tushirish bo‘yicha kelishuv tuzdilar

STADA Yevrosiyo mintaqasining to‘qqizta mamlakatida Church & Dwight kompaniyasining CHC va FMCG brendlarini taqdim etadi. Mintaqadagi birinchi mamlakat Gruziya bo‘ldi, unda HERO va TROJAN mahsulotlari 2026-yil 1-apreldan boshlab sotuvga chiqarildi.

O‘zining ishonchli hamkor bo‘lish haqidagi intilishiga amal qilgan holda, STADA kompaniyasi Yevrosiyo mintaqasidagi iste’molchi sog‘lig‘ini saqlash brendlari portfelini Hero, Trojan va Batiste kabi yaxshi nom qozongan brendlar bilan sezilarli darajada mustahkamlamoqda.

Quanish Ospanov, STADA’ning Yevrosiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti: ’’Church & Dwight bilan tuzilgan kelishuv – bu STADA Eurasia’ning tanlov hamkori bo‘lish qobiliyatining yana bir isbotidir. Biz Yevrosiyo bozorlariga ishonamiz va CHC yo‘nalishining yanada o‘sishi uchun ulkan salohiyatni ko‘rmoqdamiz’’.

OlmaOta, 2026-yil 20-aprel – STADA dunyoga mashhur brendlar portfeli egasi bo‘lgan Church & Dwight (C&D) kompaniyasi bilan strategik kelishuv tuzib, Yevrosiyodagi ishtirokini mustahkamlamoqda. Bitim doirasida STADA Yevrosiyo mintaqasining to‘qqizta mamlakatida C&D kompaniyasining bir qator mashhur iste’molchi brendlarini ishga tushirish, qo‘llab-quvvatlash va distributsiya qilish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. C&D mahsulotlari STADA tomonidan taqdim etilgan mintaqadagi birinchi mamlakat Gruziya bo‘ldi. Kelishuv qamrab olgan boshqa mamlakatlarda C&D mahsulotlari 2026-yil davomida sotuvga chiqariladi.

Bitim yaxshi nom qozongan oltita brendni o‘z ichiga oladi. Asosiy brendlar: Batiste (quruq shampun), Hero (aknega qarshi patchlar) va Trojan (prezervativlar). Ushbu ommabop brendlar STADA kompaniyasining CHC yo‘nalishidagi mahalliy portfelini mukammal tarzda to‘ldiradi va uning iste’molchi sog‘lig‘ini saqlash segmentidagi takliflarini yanada kuchaytiradi.

STADA’ning mas’uliyat doirasiga mahalliy marketing hamda mahsulotlarni an’anaviy dorixonalar, riteyl va onlayn savdo kanallari orqali ilgari surish kiradi.

’’Church & Dwight bilan tuzilgan kelishuv – STADA Eurasia tanlov hamkori ekanligining yana bir isbotidir. Men aynan bizning Yevrosiyodagi bo‘linmamiz STADA’ning barcha bozorlari orasida birinchi bo‘lib C&D brendlarini taqdim etayotganidan ayniqsa faxrlanaman. Biz Yevrosiyo bozorlarining salohiyatiga ishonamiz va CHC segmentini yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz’’, – deya ta’kidladi STADA kompaniyasining Yevrosiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Quanish Ospanov.

Kristos Gyuras, Church & Dwight mintaqaviy direktori shunday ta’kidladi:

’’Biz STADA kompaniyasi bilan hamkorlik orqali o‘zimizning mashhur brendlarimizni Yevrosiyo mamlakatlaridagi yangi iste’molchilarga taqdim etayotganimizdan mamnunmiz. Ishonchimiz komilki, STADA bizning yetakchi brendlarimizni ushbu istiqbolli va jadal rivojlanayotgan bozorga olib kirish vazifasini muvaffaqiyatli uddalaydi’’.

Kelishuv kelgusida C&D’ning boshqa mavjud va yangi brendlari bilan to‘ldirilishi ham rejalashtirilgan.

STADA kompaniyasi haqida

STADA Arzneimittel AG (shtab-kvartirasi Bad-Filbel shahri, Germaniya) uchta asosiy yo‘nalishga asoslangan strategiyani amalga oshiradi: Consumer Healthcare mahsulotlari, djeneryriklar va ixtisoslashtirilgan farmatsevtika preparatlari. Kompaniya mahsulotlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi. 2025-moliya yilida STADA guruhning tuzatilgan tushumi 4,3 mlrd yevroga, doimiy valyutadagi foizlar, soliqlar va amortizatsiya hisoblangunga qadar tuzatilgan foydasi (adj. cc EBITDA) esa 961 mln yevroga yetdi. 2025-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab kompaniya xodimlari soni 11 749 kishini tashkil etdi.

Church & Dwight kompaniyasi haqida

1846-yilda asos solingan, shtab-kvartirasi Nyu-Jersi shtatining Yuing shahrida joylashgan Church & Dwight Co., Inc. (NYSE: CHD) kompaniyasi savdo hajmi 6,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etuvchi kompaniya hisoblanadi va S&P 500 indeksiga kiradi. Kompaniya ARM & HAMMER®, TROJAN®, OXICLEAN®, FIRST RESPONSE®, NAIR®, ORAJEL®, BATISTE®, WATERPIK®, ZICAM®, THERABREATH/THE BREATH CO® va HERO® kabi tanib olingan brendlar ostida shaxsiy parvarishlash tovarlari, maishiy kimyo va ixtisoslashtirilgan mahsulotlarning keng assortimentini ishlab chiqaradi va sotadi.

STADA saytlarida sayt ishlashi uchun zarur bo‘lmagan ayrim cookie fayllari ishlatilishi mumkin. Ular alohida foydalanuvchilarni kuzatish yoki aniqlash uchun emas, saytlar qanday ishlatilishini tushunish va xizmatlarni yaxshilash uchun xizmat qiladi. Saytdan foydalanish haqidagi maʼlumot STADA Arzneimittel AG guruhining boshqa kompaniyalariga uzatilishi mumkin. Cookie fayllarini o‘chirish yoki boshqarish haqida maʼlumot:

aboutcookies.org