STADA Uzbekistan
STADA’ning Yevroosiyo mintaqasida yangi rahbari tayinlandi
Quanish Ospanov STADA Eurasia vitse-prezidenti etib tayinlandi. U ushbu lavozimda besh yildan ortiq vaqt davomida mintaqani boshqarib kelgan Arminas Matsevichusning o‘rnini egalladi. STADA retseptsiz beriladigan dori vositalari va iste’mol sog‘liqni saqlash tovarlari segmentida o‘z yetakchiligini mustahkamlashda, shuningdek, jeneriklar va ixtisoslashtirilgan preparatlar yo‘nalishida o‘z mavqeyini kuchaytirishda davom etadi.
2026-yil 16-fevral – Olmaota. STADA Yevroosiyo mintaqasi uchun yangi rahbar tayinladi. Ushbu lavozimni Sanofi va Haleon kabi xalqaro farmatsevtika kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida katta tajribaga ega bo‘lgan Quanish Ospanov egalladi. Quanish Qozog‘iston iqtisodiyot universitetini “Iqtisodiyot va moliya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, shuningdek, Rochester Institute of Technology’ning menejment va biznesni boshqarish sohasi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega. STADA kompaniyasida Quanishning asosiy vazifalari sifatida CHC va OTC segmentlarida kompaniya yetakchiligini yanada mustahkamlash, shuningdek, jeneriklar va ixtisoslashtirilgan dori vositalari (shu jumladan, biosimilyarlar) yo‘nalishida mavqeini kuchaytirish belgilanadi.
“So‘nggi bir necha yil ichida STADA mintaqada rivojlanishning hayratlanarli yo‘lini bosib o‘tdi. Men o‘z hissamni qo‘shishdan hamda ushbu merosni yanada boyitishdan mamnun bo‘laman. STADA’ning professional jamoasi bilan birgalikda, odamlar salomatligi haqida qayg‘urgan holda hamda sog‘liqni saqlash tizimining ishonchli hamkori bo‘lib qolib, Yevroosiyo kelgusi yillar davomida kompaniyaning barqaror o‘sishini ta’minlovchi asosiy mintaqalardan biri bo‘lishini davom ettirishi uchun bor kuch-g‘ayratimni safarbar etaman”, - deya ta’kidladi Quanish.
STADA kompaniyasi Arminas Matsevichusga Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlarida besh yildan ortiq vaqt davomida kompaniyaga samarali rahbarlik qilgani, 2023-2025-yillar oralig‘ida biznes hajmini amalda ikki barobar oshirgani va barqaror natijalarga erishgani uchun minnatdorchilik bildiradi.
STADA – 130 yildan ortiq vaqt davomida hamkorlar va iste’molchilar bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatgan holda, odamlar salomatligi haqida qayg‘urishdan iborat o‘z missiyasiga amal qilib kelayotgan xalqaro farmatsevtika kompaniyasidir. STADA-ning asosiy yo’nalishlari – Consumer Healthcare (CHC) segmenti mahsulotlari, jeneriklar va maxsus dorilar (shu jumladan biosimilyarlar).
STADA mahsulotlari dunyoning 120 mamlakatida namoyish etilgan.
2022-yilda MDH mintaqasi mustaqil biznes bo‘linmasiga aylandi va nomi Germaniyadagi shtab-kvartirasiga bevosita bo‘ysunuvchi “Yevroosiyo” deb o‘zgartirildi. “Yevroosiyo” mintaqasining bosh ofisi Olmaota shahrida joylashgan. Kompaniya, shuningdek, mintaqaning aksariyat mamlakatlarida, jumladan, Qozog‘istonda ham STADA Arzneimittel AG yuridik shaxslarini ham roʻyxatdan oʻtkazdi. 2023-yil 1-apreldan boshlab STADA kompaniyasi “Yevroosiyo” mintaqasida Sanofi kompaniyasining retseptsiz beriladigan dori vositalari portfelini taqdim etmoqda. “Yevroosiyo” mintaqasida STADA kompaniyasida 500 ga yaqin xodim faoliyat ko‘rsatadi.
